Peti: «Mbappe «Dortmund» bilan har ikkala uchrashuvda ham ko‘rinmadi»

Fransiya terma jamoasi va Londonning “Arsenal” klubi sobiq futbolchisi Emmanuel Peti “PSJ”ning UEFA Chempionlar ligasi yarim finalidagi omadsizligidan so‘ng hamyurti Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi.

Parijliklar Dortmundning «Borussiya»siga umumiy hisobda (0:1, 0:1) mag‘lub bo‘lishdi. «Mbappe «PSJ» tarixidagi eng yaxshi to‘purar sifatida klubni tark etadi.

U barcha davrlarning eng yaxshi parijlik futbolchisi bo‘lganmi? Men uchun – yo‘q. Men uni eng yaxshi to‘purar deb bilaman.

Hamma uning jamoadan ijobiy kayfiyatda ketishini kutgandi, biroq yarim finaldagi o‘yini bilan uning ko‘ngli to‘lmadi.

U «Dortmund» bilan har ikkala uchrashuvda ham ko‘rinmadi», – dedi Peti.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter