Grinvudni yana «iliq» kutib olishdi

«Xetafe» hujumchisi Meyson Grinvud La Liganing yakshanba kuni «Real Sosyedad»ga qarshi o‘yinida (1:1) qattiq haqoratga uchradi.

AS nashri xabariga ko‘ra, mehmon jamoa muxlislari Grinvudni zo‘rlovchi deb atashdi, shuningdek, inglizga o‘lim tilab baqirishdi. Albatta, muxlislarning bunday xatti-harakati ispan futbolida yaxshi ko‘rinmaydi.

Meyson Grinvudga bo‘lgan huquqlar «Manchester Yunayted»ga tegishli. O‘tgan yili Premyer-liganing top klubi hujumchini asosiy jamoaga qaytarmadi, biroq huquq-tartibot idoralari 2023 yil fevral oyida Grinvudga nisbatan zo‘ravonlik ayblovlarini olib tashlagan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter