U23 Osiyo kubogi. Iroq Indoneziyadan ustun kelib musobaqa bronza medallarini qo‘lga kiritdi va Olimpiadaga yo‘llanma oldi

Qatarda davom etayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi uchinchi o‘rini uchun kechgan bahsda Iroq Indoneziyaga qarshi maydonga chiqib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Zaid Tahsin va Ali Yasim tomonidan kiritilgan gollarga Indoneziya tarkibida Ivar Jenner javob qaytardi.

Turnirda uchinchi o‘rinni olgan Iroq shu tariqa Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma olgan Osiyoning uchinchi jamoasiga aylandi. Indoneziya endi Olimpiada yo‘lida Gvineya bilan pley-offda to‘qnash keladi.

Manba: www.stadion.uz.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter