«Manchester Yunayted» yozda o‘ng qanot himoyachisi bo‘yicha takliflarni tinglaydi

«Manchester Yunayted» o‘ng qanot himoyachilaridan biri bilan xayrlashishga tayyor. Jurnalist Samuel Lakxurst bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mankunianliklar yozda rahbariyatning rejalariga kiritilmagan Aaron Van-Bissaka bo‘yicha takliflarni tinglashadi.

Angliyalik bosh murabbiy Erik ten Xagdan unchalik ishonch bildirmayapti. Klub yozda Jeremi Frimpong timsolida yana bir o‘ng qanot himoyachisini sotib olmoqchi, ammo niderlandiyalik futbolchini transfer qilish uchun himoyaning o‘ng qanotini bo‘shatish kerak.

Aaron joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golga assistentlik qildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter