«Manchester Yunayted» yanvar oxirigacha transferlarni istisno etmayapti

“Manchester Yunayted” hali ham yanvardagi transfer oynasi tugaguniga qadar yangi futbolchilarni olib kelishi mumkin. Jurnalist Samuel Lakxurstning fikricha, agar bozorda bosh murabbiy Erik ten Xagga yoqadigan o‘yinchi paydo bo‘lsa, «Manchester Yunayted» bu imkoniyatdan foydalanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Yunayted”ga hujumchi va markaziy himoyachi kerakligi aytilgan edi.

«Manchester Yunayted» ayni damda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter