Diallo: «Neymar o‘zga sayyoralik»

«PSJ»ning sobiq futbolchisi Abdu Diallo Neymarning klubda qolishi haqida gapirdi.

«Men Neymardan katta umidlar bor deb o‘yladim. U hamma narsani yolg‘iz bajarishi kerakdek tuyuldi.

Biz uni mavsumning muhim pallalarida ko‘pincha maydonga tusha olmasligi uchun tanqid qilishimiz mumkin, ammo u buni har doim ham nazorat qila olmadi. Biroq, statistika, o‘yinga qo‘shgan hissasi, o‘yin-kulgi va yetkazgan hissiyotlari nuqtai nazaridan uning «PSJ»da qolishi muvaffaqiyatsiz bo‘ldi, deb ayta olmaymiz.

Fransiyada, butun dunyoda bundanda yorqinroq futbolchini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rganmidi. Neymar o‘zga sayyoralik», – dedi Diallo.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter