Dialloga «Manchester Yunayted»da vaqt sarflamaslik kerakligi haqidagi post yoqdi
«Manchester Yunayted» vingeri Amad Diallo ijtimoiy tarmoqdagi «qizil iblislar» uning vaqtini o‘tkazishga arzimasligi haqidagi postga «layk» bosdi.
21 yoshli ivuarlik futbolchi joriy mavsumda “qizil iblislar” safida atigi bir marta maydonga tushdi. U shuningdek, yakshanba kuni Angliya kubogi 4-turida «Nyuport»ga qarshi o‘yinda (4:2) qaydnomaga kiritilgan, ammo zaxirada qolgan.
O‘tgan mavsumda Diallo ijara asosida o‘ynagan «Sanderlend» muxlislaridan biri ijtimoiy tarmoqlarda futbolchini o‘z jamoasiga qaytishga chaqirdi: «Amad, agar seni «Nyuport» bilan Angliya kubogi doirasidagi safar uchrashuvida maydonga tushirishmasa, unda, ularning tarkibida vaqtingni o‘tkazmasliging kerak. Seni chin dildan qadrlaydigan uyga kel» – deb qoldirilgan postga Diallo «layk» bosdi.
Diallo «Manchester Yunayted»ga 2021 yilning yanvarida «Atalanta»dan 21 million yevro evaziga o‘tgan va ikki marta «Reynjers» va «Sanderlend»ga ijaraga berilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/