«MYU» Xavi variantini ko‘rib chiqayotgan edi

«Manchester Yunayted» «Barselona» bosh murabbiyi Xavini Erik ten Xag o‘rniga nomzod sifatida ko‘rayotgan edi.

«Relevo» xabariga ko‘ra, ingliz klubi rahbariyati ispaniyalik murabbiy vakili bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo Xavi «Barselona»da qolish qarorini e’lon qilgach, muzokaralar to‘xtatildi.

Mutaxassis 2021 yilning noyabr oyida «Barselona»ni qabul qilib olgan va o‘zining ikkinchi mavsumidayoq jamoani futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatida g‘alabaga yetaklagan, shuningdek, mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritishga yordam bergan. Joriy yil boshida murabbiy mavsum yakunida klubni tark etish niyatida ekanligini ma’lum qilgan, biroq keyinroq jamoada qolishga qaror qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter