«Real» himoyachisi safdan chiqdi
Madridning “Real” klubi chap qanot himoyachisi Ferlan Mendi 10 kunga safdan chiqdi.
Jurnalist Xaver Birlanganing bergan ma’lumotga ko‘ra, ekspertiza natijalari shuni ko‘rsatdiki, fransiyalik futbolchi bu kalendar yili o‘z jamoasiga yordam bermaydi.
Dekabr oyida «Real Madrid» faqat «Alaves»ga qarshi o‘ynaydi. Bu «Qirollik klubi»ning 2023 yildagi so‘nggi o‘yini bo‘ladi. Bosh murabbiy Karlo Anchelotti yanvar oyida Mendiga ishonishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Ferlan «Vilyarreal»ga qarshi so‘nggi o‘yinda jarohat olgandi. Joriy mavsumda fransiyalik himoyachi Ispaniya chempionatida 10 ta o‘yin o‘tkazib, birorta ham samarali gol ura olmadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/