«Al-Hilol» «Real» qanot himoyachisini ko‘zlamoqda

Madridning «Real» klubi chap qanot himoyachisi Ferlan Mendi faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konur bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 28 yoshli fransiyalik futbolchini Saudiyaning «Al-Hilol» klubi sotib olmoqchi. Madridliklar yaxshi taklif olsa, Mendini sotadi.

Transfermarkt portali futbolchini 20 million yevroga baholagan. Uning «qirollik klubi» bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakunlanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter