Musiala Yevro-2024ning asosiy favoritlarini aytdi

Myunxenning “Bavariya” klubi va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Jamol Musiala bo‘lajak Yevropa chempionatining asosiy favoritlarini nomladi.

“Fransiyani har doim asosiy favorit deb hisoblash mumkin. Undan keyin juda ko‘p sifatli futbolchilarga ega Angliya bor. Turnirni tomosha qilish qiziqarli bo‘ladi, chunki har safar bir yoki ikkita jamoa paydo bo‘lib, ular kutilmagan sovg‘ani qilishadi. Bu har bir mamlakat uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi», – dedi Musiala.

2024 yilgi Yevropa chempionati Germaniyada bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter