Tebas La Ligada gol qayd etish tizimi yo‘qligi haqidagi tanqidlarga munosabat bildirdi

La Liga prezidenti Xavyer Tebas chempionatda gollarni avtomatik qayd qilish tizimi yo‘qligi sababli o‘ziga qilingan tanqidlarga javob qaytardi.

«Izoh yo‘q» – deb yozgan Tebas texnologiyadagi xatolarni tavsiflovchi ommaviy axborot vositalarining skrinshotlarini e’lon qildi.

«Barselona» vakillari Tebasni tanqid qilishmoqda, ular 21 aprel kuni «Real» bilan o‘yinda (2:3) to‘p haqiqatda Andrey Luninning darvoza chizig‘ini kesib o‘tganiga ishonishmoqda.

Avvalroq Tebas La Ligada bunday tizimni joriy qilish uchun 3 million yevro juda ko‘p ekanligini aytgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter