«Manchester Siti» tarixidagi eng qimmat transferlar (top-5)

Xabiringiz bor, «Manchester Siti» transferlar uchun pulni ayamaydigan klublardan biriga aylangan. Jamoaning ayni paytdagi tarkibi — 20 nafar o‘yinchi va 3 darvozabon uchun «shaharliklar» jami 936,2 million yevro sarflashgan.

Demak, bir futbolchiga o‘rtacha 40,7 million yevro sarflangan bo‘lib chiqadi.

Jamoa tarixidagi eng qimmat 5 transfer quyidagicha bo‘lgan:

1. Jek Grilish. Transfer summasi – 117,5 million yevro
2. Yoshko Gvardiol. Transfer summasi – 90 million yevro
3. Kevin De Bryuyne. Transfer summasi – 76 million yevro
4. Ruben Diash. Transfer summasi – 71,6 million yevro
5. Rodri. Transfer summasi – 70 million yevro

Manba: bombardir.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter