Varanning «Chelsi»ga o‘tishini istashyapti

Londonning «Chelsi» klubining sobiq futbolchisi Glen Jonson «aristokratlar» orasida «Manchester Yunayted» himoyachisi Rafael Varanni ko‘rishni istaydi.

Fransiyalik futbolchi yozda erkin agentga aylanadi.

«Varan kabi futbolchilar erkin agent bozorida kamdan-kam uchraydi. Ha, bu bir necha yil avvalgi Rafael emas, lekin u hali ham yaxshi saviyada o‘ynayapti.

Uning jarohati bilan bog‘liq muammolari bor, lekin siz uni tekinga qo‘lga kiritishingiz mumkin. Agar u o‘yinlarning 50 foizida o‘ynasa ham, bu allaqachon yaxshi kelishuv bo‘ladi», – deya Glenning so‘zlarini keltiradi The Sun.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter