De Dzerbi Ten Hag o‘rniga asosiy nomzod

Hammasi shuni ko‘rsatadiki, «Manchester Yunayted» xo‘jayinlari, agar niderlandiyalik kelayotgan yozda iste’foga chiqarilsa, Erik ten Xagning o‘rniga asosiy nomzodni aniqlashga qaror qilgan.

Scoop xabariga ko‘ra, mankunianliklar «Brayton»dan Roberto de Dzerbini murabbiylik lavozimida ko‘rmoqchi, uning shartnomasida tovon puli 15 million yevroga teng.

Italiyalikka “Barselona” va “Bavariya” klublari ham qiziqish bildirmoqda. De Dzerbi boshchiligidagi «Brayton» ayni damda Angliya Premyer-ligasida 9-o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter