«MYU» Ten Xagga suyanadi, murabbiy ham klubga!

«Manchester Yunayted»ning yangi rahbarlari 2023/2024-yilgi mavsum yakunida bosh murabbiyni almashtirishga qaror qilishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalmoqda.

Biroq, “qizil iblislar”ning amaldagi murabbiyi Erik ten Xagning fikricha, Jim Retkliffning mehrini qozonish va o‘z pozisiyasini saqlab qolish uchun unda vaqt bor.

Bu haqda jurnalist Rob Dousonga tayanib, Transfer News Live xabar bermoqda. Ayni damda «Manchester Yunayted» Angliya chempionati turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.

Erik ten Xag jamoasining Chempionlar Ligasi zonasini yakunlash imkoniyati past. «Manchester Yunayted» navbatdagi o‘yinini 30 mart kuni «Brentford»ga qarshi o‘tkazadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter