Vitsel: «O‘yinma-o‘yin o‘samiz»

Madridning “Atletiko” klubi yarim himoyachisi Aksel Vitsel Dortmundning “Borussiya”siga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final javob uchrashuvi haqida gapirdi.

Birinchi o‘yin 2:1 hisobida «Atletiko»ning g‘alabasi bilan yakunlangan.

«Men ertangi o‘yin haqida o‘ylayapman, biz o‘yinma-o‘yin o‘samiz, bu eng muhimi. Yarim final bo‘ladimi yoki yo‘qmi, deb o‘ylab o‘tirganim yo‘q. Oldinga o‘tish uchun ajoyib o‘yin o‘tkazishimiz kerak xolos.

Birinchi o‘yindagidek, uydagi kabi shiddatni ko‘rsatishimiz kerak. Bu hal qiluvchi bahs bo‘ladi. Ular kuchli boshlashadi, biz bu shiddatni ko‘rsatishimiz kerak», – deya Vitselning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter