Vitsel: «Hamma narsa loyihaga bog‘liq»

Madridning «Atletiko» klubi yarim himoyachisi Aksel Vitsel Saudiya Arabistoni va Xitoy klublariga ehtimoliy transferlari haqida gapirdi.

34 yoshli belgiyalik, mish-mishlarga ko‘ra, avgust oyida Saudiya klublaridan birida o‘ynashi mumkin edi, ammo «Atletiko»da o‘ynashda davom etgan.

«Futbolchilar Saudiya Arabistoni va Xitoyga pul tufayli borishadi. Aytishga hojat yo‘q, hamma narsa loyihaga bog‘liq.

Har birimizning o‘z yo‘limiz bor va men Saudiya Arabistoniga o‘tishni yomon deb aytmayman. 27 yoshimda Xitoyga ko‘chib o‘tdim, hammasi yaxshi o‘tdi va qimmatli tajribaga ega bo‘ldim. Shubhasiz, barchamiz pul uchun gastrollarga boramiz», – dedi Vitsel.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter