Loftus-CHik: «Jamoamga maqtovlarimni bildiraman»

“Milan” kecha «Sassuolo» bilan durang o‘ynadi – 3:3.

Angliyalik yarim himoyachi Ruben Loftus-CHik bu safar gol ura olmadi, biroq u jamoadoshlariga minnatdorchilik bildirdi. 

«Shunday qiyin damda kambek qila olgan jamoamga maqtovlarimni bildiraman. Buni mavsum boshidan ko‘rsatib kelmoqdamiz, ammo bugun bu harakat ayniqsa yaqqol sezildi.

Safarda, o‘yin boshida mag‘lub bo‘layotgan holimizdan keyinchalik tiklanish juda qiyin bo‘lishi mumkin.

Lekin biz baribir uddaladik», – deya angliyalik yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter