Kuman «Manchester Siti» – «Real» uchrashuviga taxmin bildirdi

Ronald Kuman «Manchester Siti» va «Real» o‘rtasidagi qarama-qarshilik haqida gapirdi.

Jamoalar Chempionlar ligasining chorak finalida to‘qnash kelishadi. Birinchi o‘yin 3:3 hisobida durang bilan yakunlangan bo‘lsa, javob o‘yini 17 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

«Real Madrid»ga qarshi o‘yinda siz hech qachon favorit emassiz, bu allaqachon ko‘p marta isbotlangan. Bu ajoyib o‘yin bo‘ldi, menga juda yoqdi. Javob o‘yini ham ajoyib bo‘ladi.

Keyingi bosqichga chiqqan jamoa ajoyib o‘yin ko‘rsatgan bo‘ladi”, dedi Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter