«Bavariya» 70 million yevrolik futbolchi uchun kurashga qo‘shilgan

«Portu» yarim himoyachisi Alan Varela Yevropaning yetakchi chempionatlaridan bir qator gigantlarning qiziqishi nishoniga aylangan.

Avval xabar berganimizdek, argentinalik futbolchi Angliya premyer-ligasi vakillarining radarida. OJogo xabariga ko‘ra, «Bavariya» 22 yoshli futbolchiga da’vogarlar ro‘yxatiga qo‘shilgan.

Myunxen jamoasi bu yo‘lda raqobatga dosh berishi kerak, «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Liverpul» va «Chelsi» va «Atletiko Madrid» ham yarim himoyachiga ko‘z tikmoqda.

Alan Varelaning «Portu» bilan shartnomasida tovon puli 70 million yevroni tashkil etadi. Joriy mavsumda futbolchi “ajdarlar” safida 36 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter