Premyer-liga klublariga ISHID tahdidlaridan keyin hushyor bo‘lish tavsiya qilindi

Premyer-liga klublariga terror xavfi tufayli hushyor turish tavsiya qilindi.

Avvalroq ISHID Chempionlar ligasining 1/4 finalida teraktlar sodir etish bilan tahdid qilgandi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, Buyuk Britaniya aksilterror polisiyasi Premyer-liga klublari vahima qilmaslik va hushyor bo‘lishga chaqirgan xatlar yuborgan.

Klublarga o‘z stadionlarida xavfsizlik choralarini ko‘rib chiqish tavsiya etiladi, ayniqsa tayyorgarlik va javob rejalariga e’tibor qaratiladi.

Ta’kidlanishicha, liganing ko‘plab klublari tekshiruvlarni boshlagan. Klub xodimlari va muxlislardan hushyor bo‘lishga va har qanday shubhali narsa haqida polisiyaga xabar berishga chaqirildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter