Gvardiola Anchelottining murabbiylik fazilatlariga baho berdi

Pep Gvardiola Karlo Anchelottining murabbiylik fazilatlari haqida gapirdi.

Chempionlar ligasining chorak finalida “Real Madrid” va “Manchester Siti” jamoalari to‘qnash kelishadi.

“Siz yaxshi murabbiy bo‘lish nimani anglatishini tushunmaysiz. Murabbiyning fazilatlari faqat taktikaga bog‘liq emas. Millionlab omillar bor.

Lekin men hech qachon Karlo Anchelottini taktik jihatdan yomon murabbiy demayman.

Aks holda u Andrea Pirlo yoki Toni Kroosni yarim himoyachi pozisiyasiga qo‘ymasdi va Bellingemni vaziyatga moslashtirmasdi.

Biz Manchesterda buni tushunamiz”, – deydi “shaharliklar” ustozi Gvardiola.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter