Tuxel: «Arsenal» hozirda APLning eng yaxshi jamoasi»

«Bavariya» bosh murabbiyi Tomas Tuxel «Arsenal»ga qarshi bahs haqida gapirdi.

Klublar Chempionlar ligasining chorak finalida to‘qnash kelishadi. Birinchi o‘yin bugun, 9 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

«Arsenal» hozirda Premyer-liganing eng yaxshi jamoasi va barcha statistika buni tasdiqlaydi. Ular fantastik formada. Shuningdek, ular Yevropaning ham eng yaxshi jamoalaridan biri.

Biz biroz orqada qoldik. Ular ketma-ket ikkinchi yil barqaror yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatishmoqda. Arteta davrida mentalitet o‘zgardi», dedi Tuxel.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter