Tuxelda APLning ikki grandidan birida ishlashga tayyor
Mavsum oxirida «Bavariya»ni tark etadigan Tomas Tuxel o‘ziga yangi ish izlamoqda.
Goal.com portali jurnalistlarining xabar berishicha, nemis mutaxassisi Angliya chempionatiga qaytish haqida o‘ylamoqda. Tuxel yana Londonning “Chelsi” klubini boshqarishga yoki “Manchester Yunayted” bilan hamkorlik qilishni boshlashga tayyor.
Avvalroq, «Bavariya» rahbariyati Tomas bilan 2023/2024 yilgi mavsum yakunida muddatidan oldin ajralish borasida kelishib olgani ma’lum bo‘lgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/