Kin: «Ten Xag intervyudan oldin ichib olgandek tuyuldi»

Yakshanba kungi «Liverpul»ga (2:2) qarshi o‘yindan so‘ng, «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoasining muvaffaqiyatidan faxrlanishi haqida gapirdi. «Qizil iblislar»ning sobiq futbolchisi Roy Kin niderlandiyalik murabbiyning so‘zlariga izoh berdi. U ten Xag intervyu oldidan ichganiga ishonadi.

«O‘yindan keyin bir-ikki qadah vino ichgan bo‘lsa kerak. Qanchalik kuchli ekanini bilmayman, lekin u juda optimistik tuyuldi. Men uning men ko‘rmagan narsani ko‘rish qobiliyatiga qoyil qolaman», – dedi Kin Mirror bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» «Liverpul» bilan o‘yinning birinchi bo‘limida darvozaga birorta ham zarba yo‘llagani yo‘q.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter