«Barselona» Kanseluga va’da berdi

Himoyachi Joau Kanselu «Barselona»da qolmoqchi. O‘z navbatida, portugaliyalik futbolchi Kataloniyada yashash uchun ruxsatnomasini saqlab qolishga yordam beradigan choralar ko‘rishga tayyor.

Shu bilan birga, «Barselona» Kanseluga uni jamoada saqlab qolish uchun hamma narsani qilishga va’da berdi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar berdi.

Qayd etilishicha, yaqin haftalarda «Manchester Siti» va «Barselona» Kanseluning ehtimoliy transferi formulasini muhokama qiladi.

Avvalroq matbuotda «ko‘k-anorranglilar» futbolchining ijara muddatini uzaytirishga urinishi mumkinligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter