«Manchester Siti» yangi yarim himoyachi sotib olish borasida kelishuvga erishdi

Huquqlari «Filadelfiya»ga tegishli bo‘lgan 14 yoshli yarim himoyachi Kavan Sallivan «Tumanli Albion»ga o‘tishi mumkin.

Jurnalist Fabrisio Romanoning yozishicha, iqtidorli futbolchini o‘z safiga «Manchester Siti» klubi qiziqmoqda. Bitim bir necha hafta oldin kelishilgan. Hozirda klublar qolgan rasmiyatchiliklarni hal qilishmoqda.

Sallivanning transferi «shaharliklar» uchun taxminan 900 ming yevroga tushadi. «Manchester Siti» joriy Angliya Premyer-ligasida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

UYEFA Chempionlar ligasida Pep Gvardiola shogirdlari chorak finalga qadar yetib bordi va u yerda Madridning «Real» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter