«Vulverxempton» ustozi: «Dahshatli qaror»
Angliyada Premyer-liganing 32-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda «Vulverxempton» o‘z maydonida «Vest Xem»ni qabul qildi, ammo 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. «Bo‘rilar» bosh murabbiyi Gari O’Nil o‘yinning bu natijalaridan xafa bo‘ldi va ayniqsa, qo‘shib berilgan vaqtda jamoasining gol o‘tkazib yuborganidan g‘azablandi:
«Dahshatli qaror. Men uni umuman tushunolmadim. Hatto Devid Moyes ham fikrimga qo‘shildi. U yerda ofsayd yo‘q edi. Ajablanarlisi shundaki, Premyer-liga hakami ekran qarshisida turib bunday narsalarni aniq ko‘rmaydi», – deya «Vulverxempton» murabbiyining so‘zlarini keltiradi BBC Sport.
Angliya chempionatining navbatdagi turida “Vulverxempton” “Nottingem Forest”ga qarshi bahs olib boradi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/