Klopp: «Bu qiyin, ammo hayajonli davr»

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp tig‘iz taqvim haqida fikr bildirdi. Mersisaydliklar tez orada Premyer-liga va Yevropa Ligasida o‘ynashadi.

«O‘yinlar juda shiddatli, chunki har bir jamoa nima uchundir kurashmoqda. Demak, bu juda qiyin davr, ammo hayajonli. Biz nafaqat ertangi kunni, balki bo‘lajak barcha o‘yinlarni ham intiqlik bilan kutamiz. Ularning barchasi turli sabablarga ko‘ra qiyin bo‘ladi, lekin biz buni intiqlik bilan kutmoqdamiz», – dedi Klopp matbuot anjumanida.

4 aprel, payshanba kuni “Liverpul” o‘z uyida APL doirasida “Sheffild Yunayted”ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter