Maldini Angliyada ishlashi mumkin

Daily Mail nashrining so‘zlariga ko‘ra, Paolo Maldini «Nyukasl Yunayted»ning keyingi sport direktori bo‘lishga asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, italiyalik afsonaning Den Eshvortning o‘rnini egallash imkoniyati yuqori va bu poygada Pol Mitchelldan oldinda.

Maldini «Milan»dagi o‘rnini o‘tgan yozda tark etgan va Saudiya Arabistonidan kelgan bir qancha takliflarni rad etganidan so‘ng, Yevropada ulkan loyiha izlayotgani taxmin qilinmoqda.

Eshvort ta’tiliga chiqdi, chunki «qarg‘alar» va «Manchester Yunayted» uning yozda «Old Trafford»ga o‘tishi mumkin bo‘lgan murakkab kelishuvini ishlab chiqishda davom etmoqda.

53 yoshli mutaxassisning shartnomasi 2026 yilda tugaydi va «MYU» tovon puli bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Maldini «Milan»dagi ajoyib ishidan so‘ng biznesdagi eng yaxshi insonlardan biri sifatida paydo bo‘ldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter