APL. «Liverpul» g‘alaba qozonib birinchi o‘ringa chiqib oldi

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 30-turida “Liverpul” 31 mart, yakshanba kuni “Brayton”ni o‘z maydonida qabul qildi.

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq mehmonlar futbolchisi Denni Uelbek darvozani ishg‘ol qildi. 27-daqiqada Luis Dias muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim durang natija bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda mersisaydliklar faolroq harakat qildi. 65-daqiqaga kelib esa “qizillar” hisobda oldinga chiqib oldi. Bu safar gol muallifi — Muhammad Saloh.

Qolgan daqiqalarda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va Yurgen Klopp shogirdlari ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

APL

30-tur bahsi

31 mart, yakshanba

“Liverpul” — “Brayton” 2:1

Gollar: 0:1 – 2 Uelbek, 1:1 – 27 Dias, 2:1 – 65 Saloh.

“Liverpul”: Kelleher, Bredli, van Deyk, Kuansa, Gomes, Endo, Soboslai, Mak Allister, Saloh, Dias, Nunyes.

“Brayton”: Verbryuggen, Veltman, Dank, van Hekke, Estupinyan, Lempti (Buonanotte, 70), Gross, Moder, Baleba, Adengra, UYElbek.

Ogohlantirishlar: Mak Allister (14), Gross (20), Uelbek (48), van Deyk (50), Gomes (58), van Hekke (71).

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter