«Barselona» Xavining diskvalifikasiyasiga qarshi apellyasiyaga javob oldi

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi bosh murabbiyi Xavi Ernandesning diskvalifikasiyasiga qarshi chiqishga urindi. Sport.es xabariga ko‘ra, “blaugrana” apellyasiya arizasi bilan chiqqan va u rad etilgan.

Shunday qilib, mutaxassisning ikki o‘yinlik diskvalifikasiyasi o‘z kuchida qoladi. Ernandes «Barselona»ning «Las-Palmas» va «Kadis»ga qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, murabbiy Ispaniya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan “Atletiko”ga qarshi o‘yinda maydondan chetlatilgan edi. La Liganing 29-turidan so‘ng kataloniyaliklar 64 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter