Messining qishki rejalari ma’lum bo‘ldi

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi ayni damda ta’tilda. Marca nashri futbolchining yaqin oradagi rejalari haqida xabar tarqatdi.

Messi rafiqasi Antonellaning singlisi Karla Rokussoning to‘y marosimida ishtirok etadi. Qizig‘i shundaki, Karla Antonella va Lionelning to‘yidagi kelinning guvohi edi.

Lionel Messi Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni bilan ham uchrashishni rejalashtirgan. «Albiseleste» sardori va bosh murabbiy jamoadagi vaziyat haqida gaplashib oladi.

Ta’tildan so‘ng Messi «Inter Mayami»ga qaytadi va mavsumoldi mashg‘ulotlarni boshlaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter