Yevroga chiqqan Albaniya terma jamoasi g‘alabasiz seriyasini uzaytirdi

Yevro-2024 ishtirokchisi Albaniya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Shvesiya terma jamoasiga minimal hisobda yutqazdi. O‘yin dushanba kuni kechqurun bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdagi yagona gol 62-daqiqada Gustav Nilsson tomonidan kiritildi.

Bu juftlikdan aynan albanlar o‘tgan yilning kuzida tarixda ikkinchi marta Yevropa chempionatiga yo‘llanma olgan edi.

Albaniya terma jamoasining g‘alabasiz seriyasi qatorasiga to‘rtta o‘yinni o‘z ichiga oladi. Avvaliga Bolqon terma jamoasi Moldova (1:1) va Farer orollari (0:0) terma jamoalari bilan durang o‘ynagan, keyin esa Chili jamoasiga yutqazdi (0:3).

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter