Nketia uchun kurashda favorit nomi ma’lum bo‘ldi

Hujumchi Eddi Nketia ko‘proq o‘yin vaqtini olishni xohlaydi, shuning uchun u kelasi yozda «Arsenal»ni tark etishi mumkin.

Goal portali xabar berishicha, 24 yoshli Nketia uchun kurashda Londonning yana bir klubi “Kristal Pelas” favorit hisoblanadi.

Nketiaga Angliya Premyer-ligasining «Vulverxempton» va «Brentford» kabi jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

Agar 2023/2024 yilgi mavsumni oladigan bo‘lsak, Eddi turli musobaqalarda «Arsenal»ning 33 ta uchrashuvida qatnashgan. Hujumchida oltita gol va uchta golli uzatma bor.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter