Forlan: «Manchester Yunayted»da o‘ynab yurgan paytimda shaharda boshqa klub borligini bilmasdim»
Urugvaylik afsonaviy sobiq markaziy hujumchi Diyego Forlan «Manchester Yunayted»da o‘ynab yurgan paytlarini yodga oldi.
«Manchester Yunayted»da to‘rt yil o‘tkazdim. Va bu vaqt davomida men shaharda boshqa klub borligini ham bilmasdim”, deb yozdi Forlan ijtimoiy tarmoqlarda.
Forlan futbolchilik faoliyatini 2018 yilda Gonkongning “Kitchi” klubida yakunlagan. Urugvaylik futbolchi 2002 yildan 2004 yilgacha «Manchester Yunayted»da o‘ynagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/