«Bavariya» Nagelsmanni ortga qaytaradimi?

«Bavariya» bosh direktori Yan-Kristian Drizen bosh murabbiy Yulian Nagelsmanning klubga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

Nemis murabbiyi Myunxen klubidan 2023 yilning bahorida ishdan bo‘shatilgandi – o‘shanda uning o‘rnini joriy mavsum oxirida o‘z lavozimini tark etadigan Tomas Tuxel egallagan.

Ayni damda Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib ishlayotgan Nagelsmann Yevro-2024 yakunida, amaldagi shartnomasi yakuniga yetganidan so‘ng qo‘yib yuborilishi mumkin.

«Nagelsmannning qaytishi? O‘ylaymanki, boshqalar allaqachon futbolda hech narsani inkor etib bo‘lmaydi, deb aytishgan. Ammo bu bugungi kunning mavzusi emas, kelajak masalasidir», – deya Drizenning so‘zlarini keltiradi jurnalist Maksimilian Kox.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter