Dimarko: «Madriddagi charchoq bugungi o‘yinimizga salbiy ta’sir ko‘rsatdi»

Italiya chempionatining navbatdagi, 29-turida «Inter» «Napoli»ga qarshi o‘yinda oldinga chiqib oldi, ammo g‘alabali hisobni saqlab qola olmadi va natijada jamoalar o‘zaro durang o‘ynashdi.

«Inter» yarim himoyachisi Federiko Dimarko o‘yin voqealari haqida fikr bildirdi, uning fikricha, «Atletiko» bilan 120 daqiqa davom etgan o‘yin va penaltilar seriyasi jamoadoshlarining o‘yiniga ta’sir qildi.

«Birinchi bo‘limda xarakterga ega bo‘ldik, biz kuchli pozisiyadan harakat qildik va ko‘proq golli vaziyatlardan foydalana olmaganimizdan afsusdaman. Balki, Madriddagi umidsizlik va charchoq o‘z ta’sirini o‘tkazgandir. Biz muvaffaqiyatsizlikni unutish uchun g‘alaba qozonishni xohladik, ammo g‘alaba qozona olmadik», – dedi Dimarko fcinter1908.it bilan suhbatda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter