Anchelotti La ligada 200 ta g‘alabaga eng tez erishgan murabbiyga aylandi

Karlo Anchelotti «Real» boshqaruvida Ispaniya chempionati doirasida 200-g‘alabaga erishdi va rekord o‘rnatdi.

Italiyalik mutaxassis uchun «Osasuna»ga qarshi bahs La liga doirasida 277-o‘yin va 200-g‘alaba bo‘ldi. U mazkur marrani eng tez zabt etgan murabbiyga aylandi.

La ligada 200 ta g‘alabani faqat 7 nafar murabbiy qo‘lga kiritgan:

Migel Munyos («Real», 289 o‘yinda);
Diyego Simeone («Atletiko», 321);
Yoxan Kroyff («Barselona», 330);
Luis Aragones («Atletiko», 393);
Arsenio Iglesias («Deportivo», 425).

Manba: sports.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter