Ar-Riyodda boks oqshomi. Tayson Fyuri 10 raund davom etgan jangda Frensis Ngannu ustidan g‘alaba qozondi (videosharh)

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida 28 oktyabr kuni Queensberry kompaniyasi tomonidan boks kechasi tashkil etildi.

Kechaning asosiy jangi Tayson Fyuri va prof boksda debyutant bo‘lgan sobiq MMA jangchisi Frensis Ngannu o‘rtasida kechdi.

10 raundga mo‘ljallangan boks Fyurining hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alabasi bilan yakunlandi (95-94, 96-93, 95-94). Taysonga WBC’ning maxsus kamari topshirildi.

Qayd etib o‘tish joiz, uchinchi raundda Frensis Taysonni nokdaunga uchratgandi.

Ngannu professional boksdagi ilk jangini o‘tkazdi. Fyuri esa 34-jangida ishtirok etdi. Uning rekordi 33-0-1.

Manba: daryo.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter