Giu: «Biz har doim La Ligada g‘alaba qozonishni xohlaymiz»

Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Mark Giu jamoasining joriy mavsumda Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritish imkoniyatlarini baholadi. 25-turdan so‘ng “ko‘k-anorranglilar” turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Real”dan 8 ochko ortda qolmoqda.

«Biz har doim La Ligada g‘alaba qozonishni istaymiz, hozir jamoa bunga e’tibor qaratgan. «Barselona» «Real»ni bosim ostida qoldirishi mumkin. O‘ylaymanki, biz mavsum oxirida nimagadir erisha olamiz», – deb Giu so‘zlarini keltirmoqda Barca Universal.

Giu Ispaniya chempionatining joriy mavsumida ikkita o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter