“Jirona” futbolchisini Yevropaning gigantlari kuzatmoqda

«Jirona» yarim himoyachisi Migel Gutyerres klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Relevo xabar bermoqda. Manba bergan xabarga ko‘ra, 22 yoshli ispaniyalik futbolchining xizmatlariga «Bavariya», «Arsenal», «Chelsi», «Tottenxem» va «Manchester Siti» klublari qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha,Gutyerresning sobiq jamoasi «Real» futbolchini sakkiz million yevroga sotib olish imkoniyatiga ega.

Joriy mavsumda Gutyerres barcha turnirlar doirasida 27 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter