«Real» «Jirona»da ajoyib mavsum o‘tkazayotgan futbolchisini yozda jamoaga qaytarmoqchi

«Jirona»ning chap qanot himoyachisi Migel Gutyerres kelasi yozda «Real Madrid»iga qaytishi mumkin.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, «Qirollik klubi» futbolchini 8 million yevroga qaytarib sotib olish imkoniyatiga ega. Shu tariqa, mavsum yakunida Gutyerres yana “Real” futbolchisiga aylanishi mumkin. U 2011 yildan 2022 yilgacha Madrid klubi tizimida bo‘lgan.

Migelning «Santyago Bernabeu»dagi kelajagi Karlo Anchelotti tomonidan hal qilinadi. Agar 22 yoshli himoyachi italiyaliklarning rejalariga kirmasa, u holda «Real» Gutyerresni sotadi. Yaqinda futbolchiga «Arsenal» va «Bavariya» qiziqayotgani xabar qilingandi.

Gutyerresning «Jirona» bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter