«Liverpul» Angliya kubogidagi raqibini aniqlab oldi

Bir kun avval Angliya kubogi 1/16 finali o‘yinlarining takroriy bahslari bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvlarning birida “Sautgempton” va “Uotford” jamoalari to‘qnash kelishdi. “Avliyolar” raqiblaridan kuchliroq bo‘lib, turnirning keyingi bosqichiga yo‘l olishdi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakat kubogining 1/8 finalida “Sautgempton” APLning eng kuchli klublaridan biri – “Liverpul” bilan to‘qnash keladi.

Yurgen Klopp shogirdlari 23-turdan keyin 51 ochko bilan APL turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. «Sautgempton» chempionshipda o‘ynaydi va ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter