Gvardiola: «Brentford» standart vaziyatlarda juda xavfli»

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasining Angliya Premyer-ligasining 23-turi doirasidagi «Brentford»ga qarshi o‘yindagi g‘alabasi (3:1) haqida fikr bildirdi.

«Bizda ko‘p imkoniyatlar bo‘ldi. Ularning darvozaboni ajoyib o‘ynadi. «Brentford» standart vaziyatlarda juda xavfli va juda yuqori pressing qiladi. Bunday o‘yinlarda qanotlarda bo‘sh hudud topish muhimdir. Foden? U doimo gol sari intiladi. U allaqachon 250 ta o‘yin o‘tkazgan va joriy mavsum o‘z gollari bilan o‘yinga ta’sir qila boshladi. U zo‘r. U juda yaxshi statistikaga ega.

Men hech qachon g‘alabali seriyalar haqida o‘ylamayman, faqat futbolchilarga keyingi o‘yinda tiklanishiga yordam berishga harakat qilaman. Men faqat keyingi o‘yinda g‘alaba qozonish haqida o‘ylayapman», – dedi Gvardiola VVS bilan suhbatda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter