Manchester klublari portugal hujumchisini maqsad qilgan

«Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» «PSJ» hujumchisi transferini maqsad qilgan.

Gap 22 yoshli portugaliyalik Gonsalu Ramush haqida ketmoqda.

Bu haqda Todofichajes sahifalarida xabar berilgan. Angliya chempionatining ikkala giganti ham 2023/2024 yilgi mavsum yakunida shartnoma imzolashdan manfaatdor.

Ramush parijliklar safida joriy mavsum oxirigacha ijara asosida o‘ynaydi. Futbolchining to‘liq shartnomasi Lissabonning «Benfika» klubiga tegishli.

Ramushning transfer narxi 50 million yevro.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter