«Atletiko» Ximenesning jarohati bo‘yicha ma’lumot berdi

Himoyachi Xose Ximenes «Atletiko» kasalxonasiga yotqizildi.

Madrid klubi 29 yoshli urugvaylik futbolchining son qismidan birinchi darajali jarohat olganini ma’lum qildi. «Ximenes jismoniy terapiyani boshlaydi, reabilitasiya mashg‘ulotlaridan o‘tadi va keyingi qadamlarni kutadi» – deyiladi «matrischilar» rasmiy bayonotida.

Ximenesning tiklanish muddati e’lon qilinmagan. 2023/2024 yilgi mavsumda Xose Ximenes 23 ta o‘yinda ishtirok etgan. Ularda himoyachi sherigiga bitta muvaffaqiyatli uzatmani amalga oshirdi. «Atletiko» ayni damda La Liga turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter