Chiluell: «Chelsi»ga sovrinlar kerak»

«Chelsi» himoyachisi Ben Chiluell «Liverpul»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Angliya liga kubogi final uchrashuvi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Biz uchta finalda yutqazdik, shuning uchun “Uembli”da tugallanmagan ishimiz bor. Biz g‘alaba qozonishni xohlaymiz. Ko‘pchiligimiz «Chelsi»da sovrin yutganimiz yo‘q va bu klubga sovrinlar kerak», – deb Chiluell so‘zlarini keltirmoqda Daily Mail.

“Chelsi” – “Liverpul” uchrashuvi 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. “Ko‘klar” oxirgi marta 2015-yilda Angliya liga kubogini qo‘lga kiritgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter