Klopp: «Liverpul» transferlar ustida o‘zgacha ishlaydi»

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp ingliz klubining transfer siyosati haqida fikr bildirdi.

«Liverpul» transferlar ustida o‘zgacha tarzda ishlaydi. Kelishuvlardan oldin ikki, uch, to‘rt marta o‘ylashimiz kerak. Hammasi amalga oshishiga to‘liq ishonch kerak. O‘ylashimcha, hech bir yirik transferimiz muvaffaqiyatsizlikka uchramagan.

Kimdir Darvin Nunyes deydi, lekin u ajoyib o‘yinchi va men u boshqa birov bilan emas, biz bilan ekanligidan juda xursandman. Birinchi yil uning uchun qiyin bo‘ldi, lekin u allaqachon munosib miqdordagi gollarni urmoqda», – deya Klopp so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter